Rubio va Lavrov Tramp-Putin muzokaralarini muhokama qildi

AQSh Davlat kotibi Marko Rubio va Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov telefon orqali gaplashib, prezidentlar Donald Tramp va Vladimir Putin o‘rtasidagi muzokaralarni muhokama qildi, deya xabar beradi AQSh va Rossiya tashqi ishlar vazirliklari 20-oktabr, dushanba kuni.

AQSh Davlat departamentining xabar berishicha, Rubio va Lavrov Tramp va Putin o‘rtasidagi suhbatdan keyin “keyingi qadamlar”ni muhokama qilgan. “Davlat kotibi bo‘lajak uchrashuvlar Moskva va Vashingtonning Rossiya-Ukraina mojarosini prezident Trampning qarashlariga muvofiq uzoq muddatli hal etish yo‘lida hamkorlik qilish imkoniyati sifatida muhimligini ta’kidladi”, — deyiladi Davlat departamenti xabarida.

Rossiya TIV suhbatni ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi suhbat chog‘ida erishilgan “tushunishlar”ni amalga oshirish bo‘yicha “mumkin bo‘lgan aniq qadamlarning konstruktiv muhokamasi” deb atadi.

Putin bilan suhbatidan soʻng Tramp Budapeshtdagi uchrashuv rejalarini maʼlum qildi.

Putin va Tramp 16-oktabr kuni, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning AQShga tashrifidan bir kun oldin telefon orqali gaplashgan. Suhbat ikki soat davom etdi. Suhbatdan so‘ng Tramp Rossiya prezidenti bilan Budapeshtda uchrashishga rozi bo‘lganini ma’lum qildi.

Ushbu kelishuvlar fonida Tramp urushni tugatish uchun Donetsk viloyatini “boʻlinishi” kerakligini, uning katta qismi Rossiya nazorati ostida qolishi kerakligini eʼlon qildi. "U shundayligicha qolsin. U allaqachon boʻlingan. Menimcha, mintaqaning 78 foizi allaqachon Rossiya tomonidan ishgʻol qilingan", - dedi Tramp jurnalistlarga.

"Keyinchalik ular nimadir boʻyicha kelishib olishlari mumkin. Lekin hozircha mojarodagi har ikki tomon ham oldingi chiziqda toʻxtashlari kerak — uylariga qaytishlari, janglarni toʻxtatishlari, odamlarni oʻldirishni bas qilishlari kerak", deb davom etdi Amerika prezidenti.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102113 | Инструменты