20-oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri general-leytenant Shuxrat Xalmuxamedov Ozarboyjon Respublikasi mudofaa vaziri general-polkovnik Zakir Gasanov bilan Samarqand shahrida ikki tomonlama uchrashuv oʻtkazdi.
Hozirgi vaqtda dunyoda kechayotgan murakkab siyosiy va harbiy jarayonlar sharoitida mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlash, davlatlar oʻrtasidagi oʻzaro ishonch va hamkorlikni mustahkamlash tinchlik va barqaror taraqqiyotning asosiy garoviga aylanmoqda.
Uchrashuv davomida ikki davlat mudofaa vazirlari harbiy hamkorlikni kengaytirish, qoʻshma tayyorgarlik tizimini takomillashtirish, tajriba va amaliy bilim almashuvini yoʻlga qoʻyish, shuningdek mamlakatlararo harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish, xalqaro terrorizmga qarshi kurashishda oʻzaro hamjihatlikni kuchaytirish masalalarini muhokama qilishdi.
Uchrashuvning asosiy maqsadi tinchlik, birlik va barqaror taraqqiyotni taʼminlashga xizmat qiladigan amaliy hamkorlikni rivojlantirishdan iborat boʻldi. Samimiy ruhda oʻtgan muloqot davlatlar oʻrtasidagi ishonch va hamjihatlikni yanada mustahkamlashga, tinchlik va barqarorlikni taʼminlashda yangi qadamlar qoʻyilishiga zamin yaratdi.
21-oktyabr kuni Ozarboyjon Respublikasi mudofaa vaziri general-polkovnik Zakir Gasanov Markaziy Osiyo davlatlari mudofaa vazirlari bilan birgalikda Markaziy harbiy okrug “Kattaqoʻrgʻon” poligonida Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Tojikiston, Ozarboyjon va Qirgʻiz Respublasi mudofaa vazirliklari boʻlinmalari ishtirokida oʻtkaziladigan “Birlik – 2025” mintaqaviy oʻquv mashgʻulotlarini ham kuzatadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 102113 | Инструменты