Huawei 1
“O‘quvchi yoshlar halollik tarafdori” 10 kunligi va “Halollik” to‘garaklari tizimli ravishda yo‘lga qo‘yiladi

AOKada o‘tkazilgan brifingda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmati rahbari Sherzod Saparov korrupsiyaga qarshi kurashishda xalqaro hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

GRACE dasturini O‘zbekistonda joriy etish bo‘yicha 2024-2027-yillarni mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi”ga muvofiq:

— “Profilaktika kunlari” va “Sinf soat”lari doirasida “Halollik qadriyatlari”, “To‘g‘rilik, mehnatsevarlik xotirjam hayot asosi” mavzularida targ‘ibot-tashviqot tadbirlari tashkil etiladi;

— “OTM–viloyat–respublika” tizimi asosida bilimlar bellashuvi tashkil etiladi.

— “Aksilkorrupsiya kovorking” markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;

— 9 dekabr —  Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan barcha oliy ta’lim muassasalarida “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi!” mavzusida eng yaxshi rasmlar tanlovi, OTMlarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida #Stop_korrupsiya xeshtegi ostida chellenj, ota-onalar o‘rtasida “Iste’molchilarning ta’lim xizmatlari sifatidan qanoatlanganligi” mavzusi bo‘yicha sosiologik so‘rovnoma o‘tkaziladi.

Shuningdek, ixtisoslashgan ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi ta’lim va tadqiqot, yoshlarda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish va ularning faolligini oshirish yo‘nalishlarida ham bir qator chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50808 | Инструменты