O‘zbekiston 7 oyda 30 ta davlatdan 22,3 ming tonna sut mahsulotlarini import qildi
2022-yilning 7 oyida O‘zbekiston 30 ta xorijiy davlatlardan 22,3 ming tonna sut mahsulotlarini import qildi, deya xabar qildi Davlat statistika qo‘mitasi.
Ma'lum qilinishicha, sut mahsulotlari importi hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 5,4 ming tonnaga oshgan.
Shuningdek, O‘zbekiston eng ko‘p sut mahsulotlarini import qilgan davlatlar quyidagilar:
Rossiya – 8,4 ming tonna
Belarus – 3,8 ming tonna
Eron – 3,8 ming tonna
Qozog‘iston – 3 ming tonna
Litva – 627 tonna
Fransiya – 591 tonna
Turkiya – 437 tonna
Finlyandiya – 247 tonna
Alpha version: 0.9.1.19 build 62306 | Инструменты