Huawei 1
O‘zbekiston aholisining raqamli savodxonlik darajasi tadqiq qilinadi

O‘zbekiston aholisining raqamli savodxonlik darajasi tadqiqot qilinadi. Bu haqda IT ta’lim uyushmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu maqsadlar uchun Shveysariya hamkorlik va taraqqiyot agentligi tomonidan O‘zbekistonga 2 mlrd so‘mlik grant mablag‘i ajratilgan.

Loyihaning dastlabki bosqichida aholining raqamli ko‘nikmalari holati tahlil qilinadi, bozor ehtiyojlariga mos yangi kasblar aniqlanadi va IT ta’lim resurslarini birlashtiruvchi platforma ishlab chiqiladi.

Bu haqda Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi hamda IT ta’lim uyushmasi o‘rtasida “O‘zbekistonda IT va raqamli ta’lim landshaftini rivojlantirish inklyuziv o‘sish uchun manfaatdor tomonlarni bog‘lash” loyihasi doirasida kelishuv shartnomasi imzolandi.

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov va Shveysariya hamkorlik va taraqqiyot agentligining O‘zbekistondagi vakili Andrin Fink O‘zbekistonda IT ta’limni rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va yangi loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.

Mazkur loyiha doirasida yoshlarning IT savodxonligini oshirish, malaka oshirish imkoniyatlarini taqdim etish, shuningdek, qishloqlarda yashovchi yoshlar va ayollarni ish bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Loyiha keng qamrovli tadqiqotlar hamda moslashtirilgan ta’lim dasturlarini qayta ko‘rib chiqish va rivojlanayotgan soha talablarini qondirish uchun mutaxassislar uchun malaka oshirishni o‘z ichiga oladi.

Tadqiqotga asoslangan ushbu yondashuv keyingi bosqichlar haqida ma’lumot berib, moslashtirilgan va ta’sirli aralashuvlarni ta’minlaydi. Ushbu maqsadlar uchun Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi tomonidan IT ta’lim uyushmasi nodavlat notijorat tashkilotiga qariyb 2 mlrd so‘m (149 655 AQSh dollari) grant mablag‘lari ajratildi.

Loyiha doirasida hududlarda IT savodxonligi va ko‘nikmalari bo‘shliqlarini tahlil qilish, bunda maqsadli auditoriya sifatida yoshlar, qishloq aholisi, ayollar va qizlar, kam ta’minlangan oilalar, nogironlar qamrab olinadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11023 | Инструменты