Huawei 1
O‘zbekiston Avstriya bilan aeronavigatsiya xizmatlari sohasidagi hamkorlikni rivojlantiradi

"O‘zaeronavigatsiya" Markazi DUK delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Avstriyaning "AustroControl" aeronavigatsiya xizmatlari provayderida bo‘ldi.

Uchrashuvda tomonlar havodagi harakatlar oqimini rejalashtirish, radiotexnik ta’minlash va uchuvchisiz uchish apparatlarining parvozlarini boshqarish kabi keng ko‘lamli masalalarni muhokama etishdi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Avstriya aeronavigatsiya xizmatlari o‘rtasida sheriklikni mustahkamlash va professional hamkorlikni rivojlantirishni tasdiqlovchi o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 41704 | Инструменты