O‘zbekiston eng kam ish haqi miqdori bo‘yicha 154 ta mamlakat orasida 111-o‘rinni egalladi. Bu haqda “World Population Review” tomonidan e’lon qilingan reytingda so‘z boradi.
Ro‘yxatda mamlakatlarning yillik hamda soatlik eng kam ish haqi miqdori AQSH dollari ko‘rinishida hisoblab chiqilgan.Natijalarga ko‘ra, Avstraliya yiliga 35 515 dollar, soatiga esa 17,47 dollar miqdoridagi eng kam ish haqi bilan eng yuqori o‘rinni egallagan. Keyingi o‘rinni esa Yangi Zelandiya egallagan. Ushbu mamlakatda yiliga 33 487 dollar, soatiga esa 16,10 dollar eng kam ish haqi to‘lanadi. Uchinchi o‘rinni Lyuksemburg yiliga 32 103 dollar, soatiga 15,43 dollar bilan egallagan.
O‘zbekiston esa eng kam ish haqi bo‘yicha 111-o‘rinni band qilib, yiliga 1 041 dollar, soatiga esa 0,50 dollar qayd etilgan.
Markaziy Osiyo mamlakatlaridan Qirg‘iziston yiliga 162, soatiga esa 0,08 dollar bilan 148-o‘rindan joy olgan. Tojikiston yiliga 265, soatiga 0,13 dollar bilan 143-o‘rinni egallagan. Mintaqada eng yaxshi natijani Qozog‘iston qayd etgan. U yerda eng kam ish haqi yiliga 1 972, soatiga 0,95 dollarga teng.
Jadvalda Gabon davlati yiliga 3 dollar, soatiga esa 1.56 dollar bilan eng quyi o‘rinni qayd etgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11000 | Инструменты