Oʻzbekiston quyi va oʻrta daromad guruhida 36 ta mamlakat oʻrtasida kuchli 8 talik, Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasida 11 ta mamlakat ichida kuchli 4 talik mamlakatlar qatoridan joy oldi
O'zbekiston Global innovatsiya indeksi reytingida o‘tgan yilgi ko‘rsatkichga nisbatan 2 pog‘ona o‘sib, 139 ta mamlakat orasida 77-oʻrinni egalladi. Bu haqda 29-sentabr kuni e’lon qilingan GIIning 2026-yil hisobotida ma'lumot berilgan.
Oʻzbekiston quyi va oʻrta daromad guruhida 36 ta mamlakat oʻrtasida kuchli 8 talik, Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasida 11 ta mamlakat ichida kuchli 4 talik mamlakatlar qatoridan joy oldi.
Reytingda innovatsiyalarga yo‘naltiriladigan sarmoya va resurslar subindeksida 68-o‘rin va innovatsiyalar natijadorligi subindeksida 78-o‘rin (14 pog‘onaga o‘sdi) egalladi.
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston GII reytingiga ilk bor 2015-yilda qo‘shilgan bo‘lib, 141 ta mamlakat orasida 122-o‘rinni egallagan. Mamlakat 2025-yilda 139 ta mamlakat orasida 79-o‘rindan joy olgan.
O‘zbekiston GII reytingida ilm-fan, tadbirkorlik va mehnat unumdorligi bo‘yicha jahonda yuqori natijalarni qayd etdi. Xususan, “Ilm-fan va muhandislik sohasida bitiruvchilar” indikatorida 2-o‘rinni, “Tadbirkorlik siyosati va madaniyati” indikatorida 3-o‘rinni, “Startap va skaylaplarni moliyalashtirish” indikatorida 4-o‘rinni hamda “Mehnat unumdorligi o‘sishi” indikatori bo‘yicha 7-o‘rinni egalladi.
Quyida ushbu reytingning TOP 10 ligi:

Global innovatsiya indeksi (GII) reytingi hisoboti Butunahon intellektual mulk tashkiloti (WIPO) tomonidan Portulans instituti (AQSH), turli korporativ va akademik tarmoq hamda GII maslahat kengashi bilan hamkorlikda tayyorlanib, har yili sentabr oyida e’lon qilinadi. Reyting global tadqiqot va innovatsion rivojlanish bo‘yicha dunyo mamlakatlari faoliyatini baholaydigan yetakchi tadqiqot hisoblanadi hamda 2 ta subindeks va 7 ta yo‘nalish guruhiga birlashtirilgan 80 ga yaqin indikatorni o‘z ichiga oladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 93012 | Инструменты