Huawei 1
O‘zbekiston - Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi

Futbol bo‘yicha JCH-2026 saralash bosqichidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Gonkong javob uchrashuvida hamyurtlarimiz 3:0 hisobida g‘alaba qozongandi.

Uchrashuv hakami bahs yakunlanganini bildiruvchi hushtakni chalgach, maydonga bir qancha muxlislar yugurib tushgan.

O‘FA matbuot kotibi Davron Fayziyevning aytishicha, ushbu holat uchun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi jarimaga tortilgan. Va bunday holatlar davom etadigan bo‘lsa, O‘zbekistonda xalqaro musobaqalar o‘tkazilishiga salbiy taʼsir qiladi.

Tartibni buzgan muxlislar ham javobgarlikka tortildi. Maʼlum qilinishicha, voyaga yetmagan muxlislarning ota-onalari jarimaga tortilgan bo‘lsa, voyaga yetgan uch nafar shaxsning ikki nafari 5 sutkadan, biri esa 7 sutka qamoq jazosini olgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122509 | Инструменты