Huawei 1
O‘zbekiston “Hukumatning sun’iy intellektga tayyorlik indeksi” reytingida Markaziy Osiyoda 1-o‘rinda

“Oxford Insights” tashkiloti e’lon qilgan “Hukumatning sun’iy intellektga tayyorlik indeksi” reytingida O‘zbekiston 53,45 ball bilan 70-o‘rinni egallab, 17 pog‘onaga ko‘tarildi. Markaziy Osiyo davlatlari orasida esa 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Mazkur reyting hukumatning sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qilishga tayyorligini baholaydi va 40 ta indikator asosida tuziladi.  

Mamlakatning ushbu yutuqlari hukumat tomonidan tasdiqlangan “Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030 yilgacha rivojlantirish strategiyasi” hamda bu sohadagi izchil islohotlar natijasi ekani e’tirof etildi.

Reytingda O‘zbekiston Janubiy va Markaziy Osiyo mintaqasida Hindiston va Turkiyadan keyin 3-o‘rinni egalladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31116 | Инструменты