Huawei 1
Oʻzbekiston kapital bozori hajmi 2023 yil yakuniga qadar 45 trillion soʻmga yetkaziladi

“Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–6207-son, 13.04.2021 y.)imzolandi.

Farmondan ko'zlangan maqsadlar:

- kapital bozorining raqobatbardoshligini oshirish va uning kapitallashuvini 2023 yil yakuniga qadar 45 trln so‘mga yetkazish, bank tomonidan kreditlashga muqobil bo‘lgan samarali moliyalashtirish mexanizmini yaratish;
- kapital bozorini tartibga solishning yaxlitligini va tizimli tavakkalchiliklarning oldini olishni ta’minlovchi qonunchilik bazasini yaratish;
- minoritar investorlar, kapital bozorining boshqa ishtirokchilari hamda aholi keng qatlamlarining bilimlari, ko‘nikmalari va moliyaviy savodxonligini oshirishni qo‘llab-quvvatlash dasturlari doirasida 2023 yil yakuniga qadar 40 ming nafar aholini qamrab olish;

- erkin muomaladagi qimmatli qog‘ozlarning umumiy hajmini yalpi ichki mahsulotning kamida 5 foiziga yetkazish.

Farmonda belgilangan kapital bozoriga oid yangiliklar:

2023 yil 1 yanvardan mahalliy emitentlar o‘z aksiyalarini dastlab respublika fond birjasida joylashtirgandan so‘ng anderrayter tavsiyasiga ko‘ra xorijiy fond bozorlarida joylashtirishi mumkin.

Ommaviy savdolar orqali aksiyalarni IPO yoki SPO usulida joylashtirish natijalari qayta ko‘rib chiqilmaydi.

2021 yil 1 noyabrga qadar “Qimmatli qog‘ozlarning markaziy depozitariysi” DUK hisob raqamlari Markaziy bankka o‘tkaziladi.

Shuningdek, umumta’lim maktablari o‘quvchilari hamda noiqtisodiy yo‘nalishdagi oliy ta’lim tashkilotlari talabalari uchun “Moliyaviy savodxonlik” o‘quv kursi fan sifatida joriy etiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62910 | Инструменты