Huawei 2
“O‘zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil” esdalik nishoni ta’sis etildi

1992 yil 8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun yurtimiz tarixidagi buyuk sanalardan biridir.

Prezidentimiz Farmoni bilan joriy yil 10 oktabr kuni “O‘zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil” esdalik nishoni ta’sis etildi. Ushbu esdalik nishon bilan mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning barcha sohalardagi salohiyatini va mudofaa qudratini yuksaltirish,  davlatimiz sarhadlarining daxlsizligini ta’minlash, Asosiy Qonunimizning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini keng targ‘ib etish, yosh avlodni qonunga hurmat ruhida tarbiyalash ishlariga munosib hissa qo‘shib kelayotgan barcha soha vakillari, mehnat faxriylari, harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamda boshqa shaxslar mukofotlanadilar.

Bosh Qomusimiz qabul qilinganining 25 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan  mazkur esdalik nishoni shuningdek O‘zbekiston fuqarosi bo‘lmagan shaxslarga ham berilishi mumkin.

Mukofotlanganlarga esdalik nishoni bilan birga uning guvohnomasi ham topshiriladi. U ko‘krakning chap tomoniga davlat mukofotlaridan keyin taqiladi.

Esladik nishonining asosiy belgilari quyidagicha: 0,25 mikron qalinlikdagi oltin bilan qoplangan mis qotishmasidan tayyorlanadi va diametri 34 millimetrli doira shaklida bo‘ladi. Esdalik nishonining qalinligi – 2,2 millimetr. Uning old tomoni markazida oq emaldan ishlangan sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan. Yulduzning tepa qismida «25» yozuvi, pastki qismida esa «YIL» yozuvi joylashgan. Sakkiz qirrali yulduz ostida moviy rangdagi emaldan ishlangan ochilgan holatdagi Konstitutsiya kitobi tasviri aks ettirilgan. Esdalik nishonining orqa tomonida Davlat gerbi tasvirlangan bo‘lib, pastki qismida, markazda «2017» yozuvi joylashgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga