Davlat va xususiy sektor vakillari, sport tashkilotlari rahbarlari hamda 170 ming nafarga yaqin xodimlarni band qilgan 200 dan ortiq tadbirkorlar ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekiston korporativ sport assotsiatsiyasi tashkil etildi.
Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov O‘zbekiston korporativ sport assotsiatsiyasi raisi etib saylandi.
Shuningdek, «Akfa Group» asoschisi Jahongir Ortiqxo‘jayev raisning birinchi o‘rinbosari, «International Beverages Tashkent» direktorlar kengashi raisi Shuhrat Ergashev rais o‘rinbosari etib saylandi.
Shu bilan birga, Bekzod Mamatqulov (BMB Holding) futbol va futzal, Zafar Hoshimov (Korzinka) basketbol, Bahodir Abdullayev (B.A. Holding) stol tennisi, Murod Nazarov (Murad Buildings) yengil atletika bo‘yicha masʼullar sifatida Assotsiatsiya boshqaruv kengashiga aʼzo bo‘ldi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51002 | Инструменты