Huawei 1
O‘zbekiston pasporti jahon reytingida 72-o‘rinni egalladi

Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi ma’lumotlari asosida tuzilgan va fuqarolar vizasiz kirishi mumkin bo‘lgan mamlakatlar sonini aks ettiruvchi Henley pasport indeksida O‘zbekiston pasporti 72-o‘rinni egalladi.

Reytingga ko‘ra, o‘zbekistonliklar 62 davlatga vizasiz kirish huquqiga ega.

Fuqarolari 193 davlatga vizasiz kirishi mumkin bo‘lgan Singapur reytingda birinchi o‘rindan joy oldi. Undan keyingi o‘rinni Yaponiya va Janubiy Koreya pasportlari egalladi. Bu davlatlarning fuqarolari 190 mamlakatga vizasiz kira oladilar.

Markaziy Osiyo davlatlari orasida 79 ta mamlakatga vizasiz kirish imkoni bilan Qozog‘iston yetakchi bo‘ldi.

Reytingda Qirg‘iziston 71-, Tojikiston 78-, Turkmaniston 84-o‘rindan joy oldi. 

Ro‘yxatning oxirida Afg‘oniston, Iroq va Suriya joylashgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90812 | Инструменты