Ish haftasi davomida O‘zbekiston hududi bo‘yicha asosan quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Dushanba kuni kunduzi Toshkent viloyatida ayrim joylarda va 12 sentabr, juma kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Havo harorati kechalari +15…+20 daraja, kunduz kunlari +28…+33 daraja atrofida, janubda +35…+38 darajagacha bo‘ladi.
Shamol 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
8–10 sentabr kunlari Toshkent va Farg‘ona viloyatlarining ayrim tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Toshkent shahrida dushanba kunduzi havo biroz bulutli bo‘ladi, biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 3–6 metr/soniya tezlikda esadi, 8 sentabrda ba’zi joylarda 8–10 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin.
Harorat asosan kechasi +18…+20 daraja, kunduzi +30…+32 daraja bo‘ladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 90816 | Инструменты