Bugun, 24-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 67 yoshini qarshi oldi.
Davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadovning ma’lum qilishicha, Shavkat Mirziyoyev tug‘ilgan kunini ishda, kechki paytni oilasi davrasida kamtarona o‘tkazadi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, prezident sovg‘alar qabul qilmaydi. An’anaga ko‘ra, shu kuni xorijiy davlatlar, hukumatlar va parlamentlar, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari, taniqli siyosiy hamda jamoat arboblaridan yozma tabriknomalar keladi.
Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 1957-yil 24 -iyulda Jizzax viloyatining Zomin tumanida shifokor oilasida tug‘ilgan.
O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti vafotidan so‘ng, 2016-yil 8 -sentyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida parlament palatalarining qo‘shma qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vazifa va vakolatlarini bajarish vaqtincha Bosh vazir Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklandi. 2016-yilning 4-dekabr kuni Shavkat Mirziyoyev 88,61 foiz ovoz bilan O‘zbekiston Prezidenti etib saylangan.
2021-yil 24-oktyabrda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Prezidenti saylovida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan nomzod Shavkat Miromonovich Mirziyoyev – 80,1 foiz ovoz bilan ikkinchi marta Prezident etib saylandi.
Mirziyoyev ikki qiz va bir o‘g‘ilning otasi. Olti nafar nabirasi bor.
"UzReport" Axborot agentligi jamoasi Shavkat Mirziyoyevni tavallud ayyomlari bilan tabriklaydi. Davlat rahbariga mustahkam sog‘liq, xalq xizmati yo‘lida esa doim kuch-quvvat tilaymiz!
Alpha version: 0.9.1.19 build 110712 | Инструменты