Huawei 1
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ekolog” faxriy unvoni taʼsis etiladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ekolog” faxriy unvonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda konseptual jihatdan ko‘rib chiqildi. 

Deputatlarning aytishicha, mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalarida fidokorona mehnat qilayotgan soha fidoiylarini va barcha faollarni atrof-muhitni asrash borasidagi faoliyatini rag‘batlantirishga, tarmoqning nufuzini oshirishga xizmat qiladi.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122505 | Инструменты