1 million voleybolchi, maktablarda yangi klublar, Milliy voleybol ligasi va “Kelajak yulduzlari” musobaqasi: Bularning barchasi O‘zbekistonda voleybolni 2030-yilgacha rivojlantirish rejasi asosida amalga oshiriladi.
Kecha, 25-noyabr kuni “Voleybol sport turini yanada rivojlantirish va ommalashtirishning navbatdagi chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi. Qarorga koʻra, voleybol sport turini 2030 yilgacha rivojlantirish va ommalashtirishning asosiy maqsadlari belgilandi.
Xususan, Xalqaro voleybol federatsiyasi (FIVB) reytingida voleybol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi oʻrnini koʻtarish va Osiyoda top-5 talik mamlakatlar qatoriga kiritish belgilandi.
Qaror bilan voleybolni ommalashtirish orqali ushbu sport turi bilan shugʻullanuvchilar qamrovini 1 mln nafarga yetkazish belgilandi.
Shuningdek, shu yil 1-dekabrdan har bir tuman/shaharda kamida 1 tadan umumiy oʻrta ta’lim tashkilotida voleybol sport turiga ixtisoslashgan sport klublari tashkil etiladi. Shu sanadan boshlab klublar oʻrtasida “Kelajak yulduzlari” voleybol musobaqasi oʻtkazib boriladi.
2026/2027 oʻquv yili yakunigacha voleybol infratuzilmasi mavjud barcha umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarida voleybol toʻgaraklari tashkil etiladi. Oʻzbekiston voleybol federatsiyasi tizimida Milliy voleybol ligasi tashkil qilinadi.
Milliy voleybol ligasi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
- Professional voleybol ligasi;
- Talabalar voleybol ligasi;
- Havaskorlik voleybol ligasi;
- boshqa voleybol ligalari.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112616 | Инструменты