Huawei 1
O‘zbekiston xalq artisti Shafoat Rahmatullayeva 83 yoshida vafot etdi

O‘zbekiston xalq artisti, teatr va kino aktrisasi Shafoat Rahmatullayeva 83 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Shafoat Rahmatullayeva uzoq yillar davomida teatr sohasida faoliyat yuritib kelgan. Shuningdek, “Masxaraboz”, “Sevginator”, “Sehrli qalpoqcha” kabi filmlar va ko‘plab spektakllarda rol o‘ynagan.

Avvalroq xonanda Manzura “Sevginator” filmida qaynonasi rolini ijro etgan aktrisa Shafoat Rahmatullayeva ayni paytda shifoxonaning reanimatsiya bo‘limida ekanligini aytib, kuzatuvchilaridan duo so‘ragan edi.

Shafoat Rahmatullayeva 1941-yilning 4-yanvarida Farg‘ona viloyati Furqat tumanidagi Navbahor qishlog‘ida tug‘ilgan. Otasi Muqaddasxon kolxoz raisi bo‘lgan. U o‘rta maktabni tugatgandan keyin pedagogika bilim yurtiga o‘qishga kirib, dastlab maktabda bir yil o‘qituvchi bo‘lib boshlang‘ich sinflarga dars bergan.

1963-yilda teatr va rassomchilik oliygohining musiqali drama fakultetiga o‘qishga kirgan. Turli yillarda ko‘plab spektakllar bilan bir qatorda, “Masxaraboz”, “Sevginator”, “Sevginator-2”, “Er bermoq — jon bermoq”, “O‘zimdan o‘zimgacha”, “Fidoyilar”, “Poyga”, “Sehrli qalpoqcha”, “Sariq devni minib” kabi filmlarda suratga tushgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122500 | Инструменты