O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda vazir o‘z sahifasida maʼlum qildi.
Tashqi ishlar vazirlari fuqarolarga ikki mamlakatga 30 kun davomida vizasiz sayohat qilish imkonini beruvchi bitimni imzoladi.
“Bu hujjat aloqalarimizni yanada faollashtirish, savdo aylanmasini oshirish va xalqlar o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish yo‘lidagi yana bir muhim qadamdir”, deyiladi xabarda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120301 | Инструменты