Huawei 1
O‘zbekistonda 1 km kv yer maydoniga 82,3 nafar doimiy aholi soni to‘g‘ri keladi

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning 1-aprel holatiga O‘zbekistonda 1 km kv yer maydoniga o‘rtacha 82,3 nafar doimiy aholi soni to‘g‘ri keladi.

Bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda o‘rtacha 1,7 kishiga ortgan (2023-yil 1-aprel holatiga 1 kv km ga 80,6 kishi).

Eslatib o'tamiz, O‘zbekistonda 1-aprel holatiga doimiy aholi soni qariyb 37 mln kishini tashkil etgandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga