O’zbekistonda 14 dekabrdan boshlab kunlar isib borishi prognoz qilinmoqda

O'zgidromet prognozlariga ko'ra, 12-13 dekabr kunlari kuz-qish mavsumi uchun birinchi eng sovuq haroratlar kuzatilishi mumkin.

14 dekabr kunidan boshlab haroratlar asta-sekin ko‘tarilib boradi. Hatto janubiy viloyatlarda kunduz kuni havo harorati +13 darajagacha, shimolda +0 daraja, boshqa viloyatlarda +5 darajagacha iliq haroratlar bo‘lishi kutilmoqda.

12-14 dekabr kunlari uchun yog‘inlar 12 dekabrda asosan qor ko‘rinishida bo‘lishi aytilgan. 13-14 dekabr kunlari esa havo ochiq, yog‘insiz quruq izg‘irin bo‘lishi prognoz qilingan.

Joriy qutbiy sovuq antisiklon ta’siri respublikada davomli emas.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72714 | Инструменты