Huawei 1
O‘zbekistonda 2027-yildan plastik paketlar taqiqlanishi mumkin

O‘zbekistonda 2025−2027 yillarga mo‘ljallangan plastik bilan ifloslanishni kamaytirish bo‘yicha milliy dastur loyihasini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda. Bu jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan joriy yilgi davlat dasturi loyihasida nazarda tutilgan.

Xususan, 2027 yildan boshlab plastik paketlarni ishlab chiqarish, olib kirish va ulardan foydalanishni taqiqlash hamda ekologik jihatdan zararsiz (bioparchalanuvchi) paketlardan foydalanishni rag‘batlantirish taklif etilmoqda.

Bundan tashqari, plastik mahsulotlarining kimyoviy tarkibidagi zararli moddalardan foydalanishni cheklash va qadoqlarda qayta ishlangan plastikdan foydalanish koeffitsentlarini belgilash nazarda rejalashtirilgan.

Hujjat loyihasi 2025 yilning sentyabrigacha ishlab chiqilishi va 2025 yilning noyabrigacha Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi kutilmoqda.

Davlat dasturini amalga oshirish to‘g‘risidagi prezident qarori loyihasiga ko‘ra, 2025 yil 1 noyabrga qadar plastik qadoqlarni yoki plastik qadoqlarda mahsulot ishlab chiqaruvchi hamda import qiluvchilarga quyidagi majburiyatlarni yuklaydigan qonun loyihasini ishlab chiqish ham ko‘zda tutilgan:

- "taralarni qaytarish", ushbu turdagi chiqindilarni qabul qiluvchi maxsus joylar va uskunalarni o‘rnatish orqali yig‘ib olish va utilizatsiya qilish;

- utilizatsiya yig‘imini to‘lash bo‘yicha kengaytirilgan majburiyatni joriy qilish.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11002 | Инструменты