O'zbekistonda 652,9 ming nafar pensionerning oladigan pensiyasi 50 dollarga ham yetmaydi.
2023-yil 1-iyul holatiga ko‘ra eng yuqori ish haqi bilan pensiya (hisoblangan) tayinlangan fuqarolar 401,9 ming nafarni va eng kam miqdorda pensiya oluvchilar 652,9 ming nafarni tashkil etadi.
Eng kam pensiya va nafaqa miqdorlari O‘zbekiston prezidentining 2023-yil 28-martdagi “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi PF-45-son farmoni hamda 2023-yil 28-iyuldagi “Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-120-sonli farmoniga muvofiq minimal isteʼmol xarajatlari miqdoriga yetkazildi, deya maʼlum qildi jamg‘arma.
Statistika agentligi O‘zbekistonda 2023-yil uchun hisoblangan minimal isteʼmol xarajatlari qiymati bir oyda kishi boshiga 568 ming so‘mni (47 dollar) tashkil etishini xabar qilgandi.
Bu yuqorida ochiqlangan 652,9 ming fuqaro eng olayotgan eng kam miqdordagi pensiya 50 dollarga ham yetmasligini anglatadi.
2023-yil 1-iyul holatiga Pensiya jamg‘armasidan pensiya va nafaqa oluvchilarning umumiy soni 4 million 470 ming 29 nafarni tashkil qiladi. Shundan pensiya oluvchilar 3 million 854 ming 614 nafarni, nafaqa oluvchilar 615 ming 415 nafarni tashkil qiladi.
Joriy yilning yanvar-iyun oylarida yangi tayinlangan pensiyalar va nafaqalar:
Alpha version: 0.9.1.19 build 122516 | Инструменты