Huawei 1
O‘zbekistonda dam olish kunlari havo harorati sezilarli darajada pasayadi

O‘zbekistonda dam olish kunlari havo harorati sezilarli darajada pasayishi kutilmoqda.

"O'zgidromet" xizmati prognozlariga ko‘ra, 13—14-iyul kunlari hududlarda 30—34 darajagacha issiq bo‘ladi. Janubiy viloyatlarda esa harorat 13-iyul kuni 39 darajagacha, 14-iyul kuni 37 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.

Toshkent, Sirdaryo viloyatlari va Farg‘ona vodiysi ba’zi joylarida 14-iyul kuni qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘istonda 13—14-iyul kunlari yomg‘ir yog‘ishi prognoz qilingan.

Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida shamol tezligi 18-23 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102301 | Инструменты