Davlat statistika qo‘mitasi bir kunda aholi soni qanchaga ko'payayotganini ma'lum qildi
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning 1-oktabr holatiga O'zbekistonning doimiy aholisi soni 35,8 mln kishini tashkil etmoqda.
Mamlakat aholisi yil boshidan buyon har oyda o‘rtacha 61,1 ming kishiga ko‘paygan. 2022-yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 2 ming kishiga ko‘paymoqda.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston doimiy aholi soni bo‘yicha MDHda uchinchi, tug‘ilish bo‘yicha MDHda birinchi o‘rinda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51502 | Инструменты