16–19 iyun kunlari O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda «O‘zgidromet» direktori Sherzodxo‘ja Habibullaxo‘ja Facebook’da ma’lum qildi.
16–17 iyun kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida, 17–19 iyun kunlari O‘zbekistonning qolgan hududlarida havo harorati kunduz kunlari +40…+42 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda +43, +44 darajagacha ko‘tariladi.
Respublika bo‘yicha shamol tezligi 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 80504 | Инструменты