O‘zbekistonda mavjud taʼlim turlari YUNESKOning “Taʼlimning xalqaro standart tasniflagichi” darajalariga to‘liq muvofiqlashtirildi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi Axborot xizmati rahbari Shavkat Xo‘jaqulov maʼlum qildi.
“Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari uchun o‘quv-metodik majmualarni yaratishga qo‘yiladigan talablar” ishlab chiqildi.
Respublika ishchi guruhi aʼzolari va xalqaro ekspertlar tomonidan “Umumiy o‘rta taʼlimda o‘qitish natijalarini baholash konsepsiyasi” ishlab chiqildi.
“Umumiy o‘rta taʼlim maktablarida faoliyat olib borayotgan tabiiy fanlar laborantlari uchun malaka oshirish kursi” tayanch o‘quv rejasi va dasturi tayyorlandi.
“Maktabgacha taʼlim menejmenti” nomli maktabgacha taʼlim mutaxassislari uchun darslik hamda turli dolzarb mavzularda 3 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma ishlab chiqildi.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan hamkorlikda Singapurning Kembrij dasturi asosida 5-7 sinflar uchun darsliklarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish bo‘yicha metodik yordam ko‘rsatildi.
2024-2025 o‘quv yiliga taʼlim o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida olib boriladigan umumiy o‘rta taʼlim maktablarining 5-sinflari uchun “Tasviriy sanʼat” va “Musiqa” darsliklarini ishlab chiqish jarayoni muvofiqlashtirildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11002 | Инструменты