1941-1945-yillardagi urushdagi fashizm ustidan qozonilgan Gʻalabaga ulkan hissa qo‘shgan urush qatnashchisi va nogironi sifatida Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining hududiy tuman (shahar) bo‘limlari hisobida turib pensiya olayotgan nuroniylar 97 nafarni tashkil qiladi (ularning 11 nafari yoki 11,3 foizi ayollar).
Shundan:
- 28 nafari yoki 28,9 foizi 100 yoshga to‘lgan va 100 yoshdan katta (shundan, 3 nafari yoki 10,7 foizi ayollar);
- 13 nafari yoki 13,4 foizi 99 yoshga to‘lgan (shundan, 1 nafari yoki 7,7 foizi ayollar);
- 31 nafari yoki 32,0 foizi 98 yoshga to‘lgan (shundan, 3 nafari yoki 9,7 foizi ayollar);
- 21 nafari yoki 21,7 foizi 97 yoshga to‘lgan (shundan, 3 nafari yoki 14,3 foizi ayollar);
- 2 nafari yoki 2,0 foizi 96 yoshga to‘lgan;
- 1 nafari yoki 1,0 foizi 95 yoshga to‘lgan;
- 1 nafari yoki 1,0 foizi 94 yoshga to‘lgan.
1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari va nogironlariga pensiyasidan tashqari to‘lanayotgan ustama haq, kompensatsiya va qo‘shimchalar:
- pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 150 foizi miqdorida ustama haq – 520 500 so‘m har oyda;
- 100 yoshga to‘lgan va 100 yoshdan kattalarga pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 100 foizi miqdorida – 347 000 so‘m har oyda;
- pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 50 foizi miqdorida uy-joy kommunal xizmatlar haqini to‘lash uchun kompensatsiya puli – 173 500 so‘m har oyda;
- bazaviy hisoblash miqdorining 100 foizi miqdorida oziq-ovqat mahsulotlari va gigiyena mahsulotlari o‘rniga qo‘shimcha to‘lov – 330 000 so‘m har oyda;
- bazaviy hisoblash miqdorining 1500 foizi miqdorida bepul yetkazib beriladigan kiyim bosh hamda oyoq kiyim tovarlari o‘rniga kompensatsiya puli – 4 950 000 so‘m bir yilda bir marotaba.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11114 | Инструменты