Huawei 1
Toshkent, Samarqand va Qashqadaryoda energiya resurslariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bo‘stonliq va Zangiota tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga tekshiruvlarda ushbu tumanlarda yashovchi fuqarolar A.B. va A.A. “Baliqchilik” xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonida hamda yashash xonadonida umumiy foydalanishdagi elektr va tabiiy gaz tarmoqlariga yashirin ravishda ulanib, jami 270,8 mln so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Nurobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro L.X. o‘ziga tegishli noturar joy binosida elektron gaz hisoblagichdan tashqari gaz quvuriga yashirincha ulanib, jami 116, 7 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Departamentning Qarshi shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro M.A. “Buyuk turon” MFY hududida joylashagan muzlatkich xonasini elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, jami 107,3 so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11116 | Инструменты