O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorini imzoladi.
Unga ko‘ra, 2023-yilgi muborak Ramazon oyining boshlanishi 23-mart kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma’lumot uchun qabul qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolari Kengashi tomonidan Islom dini manbalari va astronomik ma’lumotlarga tayangan holda 2023-yilda Ramazon oyining birinchi kuni shu yil 23-mart, payshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida xulosa qilingan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12112 | Инструменты