Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekistonda elektron tijorat sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjatga ko‘ra, elektron tijorat operatorlari (elektron savdo platformasi, buyurtmalar agregatori va raqamli striming xizmati operatorlari) sifatida faqat yuridik shaxslar — O‘zbekiston rezidentlari faoliyat yuritishi mumkin.
Bunda elektron shartnoma yoki bitimlar orqali hech qanday majburiyatlar olmaydigan, foydalanuvchilarga o‘zining axborot resursi yoki platformasi orqali tovar (ish, xizmat) hamda raqamli mahsulotlar haqida ma’lumot yoki axborot berish bilan cheklanadigan yuridik shaxs va (yoki) YATT elektron tijorat operatori hisoblanmaydi.
2025-yil 1-iyuldan elektron tijorat operatorlari faoliyati xabardor qilish tartibida amalga oshiriladi. Bunda faoliyatni amalga oshirayotgan subyektlar quyidagi shart va talablarga rioya etishlari lozim:
O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi Agentlik bilan birgalikda uch oy muddatda elektron shaklda xizmatlar ko‘rsatayotgan, xizmatlarni realizatsiya qilish joyi O‘zbekiston Respublikasi bo‘lgan xorijiy yuridik shaxslar tomonidan soliq to‘lovlari va qamrovining to‘liqligini o‘rganishni tashkil etish hamda natijalariga ko‘ra ushbu sohada samarali nazoratni ta’minlaydigan mexanizmlarni joriy etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10618 | Инструменты