Sariq tarvuz parhezda bo‘lgan, allergiyasi bor odamlar uchun foydali. Immun tizimiga ijobiy taʼsir qiladi, turli infeksiya, viruslarga qarshi kurashishda yordam beradi
Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi Imronbek Shahruza MCHJ fermer xojaligida urug'i Janubiy Koreyadan keltirilgan Riamo navli sariq tarvuz yetishtirilmoqda.
2015-yilda tashkil etilgan ushbu xo'jalikning umumiy ekin maydoni 86 gektar bo'lib, shundan uch yarim gektarida sariq rangli tarvuz ekilgan. Ushbu tarvuz navidan ikki yildan beri hosil olinmoqda.
Xo'sh, sariq tarvuz qanday paydo bo'lgan?
Ushbu tarvuz jahon bozorida, shuningdek, O'zbekistonda paydo bo'lganiga ko'p bo'lgani yo'q. Sariq tarvuz chet ellik seleksioner olimlar tomonidan yovvoyi va madaniy tarvuzni chatishtirish oqibatida olingan gibrid hisoblanadi. Ilk hosil O'rta yer dengizi mamlakatlaridan olingan bo'lsa, bugun butun dunyo boyicha yetishtirilmoqda. Tashqi ko'rinishdan sariq tarvuzlar ovalsimon yoki dumaloq boladi. Po'sti yashil, silliq yoki yo'l-yo'l rangda. Sabzavotning ichi sariq rangda hamda vazni o'rtacha 1,5 kg dan 4-5 kgni tashkil etadi.
Sariq bilan qizil tarvuzning farqi nimada?
Ular orasidagi asosiy va eng katta farq ichidagi massasining rangida. Sariq tarvuzning urug‘lari kamroq yoki umuman bo‘lmaydi. Taʼmi mango, limon va ananasga o‘xshab ketadi. Sariq tarvuz navlari qizilga qaraganda sal oldinroq pishadi, yaʼni tezpishar sanaladi. Butun dunyo bo‘yicha sariq tarvuz narxlari qizilga qaraganda biroz yuqoriroq bo‘lishi kuzatilmoqda.
Foydali xususiyatlari:
Sariq tarvuz tarkibida A, B1, B2, B5, B6, B9, E, C, PP vitaminlari bor. Shuningdek, kalsiy, kaliy, magniy, temir, natriy, fosfor moddalariga serob. U immun tizimiga ijobiy taʼsir qiladi, turli infeksiya, viruslarga qarshi kurashishda yordam beradi. Eng muhimi, sariq tarvuz parhezda bo‘lgan, allergiyasi bor odamlar uchun foydali. Chunki unda qand moddasi va kaloriya kam.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20218 | Инструменты