O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, komik rollari bilan muxlislarining mehrini qozongan Husan Musaboyev 71 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Husan Musaboyev o‘zining komedik rollari, xususan, “Televizion miniatyuralar teatri”dagi rollari bilan tomoshabinlar orasida tanilgandi. Shuningdek, u “Ajoyib xayolparast”, “Bozor ko‘rmagan yigit”, “Anora”, “Hayot mamot”, “Men bu men”, “O‘g‘rigina kelin”, “Er bermoq – jon bermoq”, “Jiblajibon”, “Aldamadim, hazillashdim”, “Ana xolos!”, “Super xizmatkor”, “Yasha, xotin!” kabi ko‘plab filmlardagi o‘ziga xos rollari bilan tomoshabin mehrini qozongan.
Husan Musaboyev teatr va kino sanʼatini rivojlantirishda fidokorona xizmat qilib, jonkuyar va samimiy inson sifatida barchamizning qalbimizda mangu yashaydi.
UzReport.news tahririyati marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdarlik bildiradi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20814 | Инструменты