O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ravshan Namozov vafot etdi
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, xonanda, bastakor Ravshan Namozov uzoq vaqt davom etgan kasallikdan so‘ng vafot etdi. Bu haqda "O'zbekkonsert" axborot xizmati ma’lum qildi.
Ravshan Namozov 1961-yil 10-iyulda Surxondaryo viloyatining Termizda tug‘ilgan. U faoliyatini 1989-yili tashkil etilgan "Qars" guruhida boshlagan. 1985-yil Germaniya o‘tkazilgan "Yoshlar festivalida", 1989-yili Olmaotada tashkil etilgan "Osiyo ovozi" ko‘rik-tanlovida Grand-Prini qo‘lga kiritgan. 1991-yildan buyon yakkaxon ijod qilayotgan xonanda 1993-yili O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoni bilan taqdirlangan.
Xonanda shuningdek, "Chipradalli", "Kovushim", "Yor-yor yoron-ey", "Biyo-biyo", "Xayol", "Mana shunaqa" kabi qo‘shiqlari bilan tanilgan.
UzReport Axborot agentligi marhumning vafoti munosabati bilan uning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110623 | Инструменты