Huawei 1
O‘zbekistonda yil boshidan beri 1,2 mingdan ortiq oilalarning yarashtirilishiga erishildi

Joriy yilning o‘tgan davrida, jami 3,6 trln so‘mlik undiruvlar amalga oshirilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan  460 mlrd so‘mga oshganligini ko‘rsatmoqda.

Byuroning hududiy boshqarmalarida axborot texnologiyalari yordami bilan muqobil ravishda va masofaviy ishlayotgan 15 ta tumanlararo bo‘limlari tomonidan majburiy ijro harakatlari amalga oshirilmasdan hamda fuqarolarning mol-mulklariga daxl qilmasdan 95,5 mlrd so‘mlik (238,4 mingta) hujjatlarning ijrosi taʼminlandi.

Ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan ijro hujjatlari bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Masalan, davlat rahbarining tegishli farmoni bilan ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlar uchun joriy etilgan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga 122,6 mlrd so‘m mablag‘  yo‘naltirildi.

Voyaga yetmagan shaxslar foydasiga jami 179 mlrd so‘m aliment pullari undirilib, 1,8 mingdan ortiq aliment to‘lovchilarning ish bandligi masalasi hal etildi va undiruv ularning ish haqlariga qaratildi.

Olib borilgan tushuntirish va profilaktika ishlari natijasida, 1,2 mingdan ortiq oilalarning yarashtirilishiga erishildi.

Davlat rahbarining tegishli farmoni bilan tashkil etilgan "Aliment to‘lovlari jamg‘armasi" hisobidan 218 nafar undiruvchilarga 918,1 mlrd so‘m mablag‘lar to‘lab berildi.

Bundan tashqari, amaldagi mehnat qonunchilik talablariga rioya etmasdan bo‘shatilgan va o‘z ish joyini yo‘qotgan 68 nafar fuqarolarimiz ishga tiklandi hamda ularga to‘lanmasdan qolgan 40 mlrd so‘mlik ish haqlari undirildi.

Hozirda, Byuro organlari tomonidan ijro etish jarayonini yana-da raqamlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Jumladan, ijro hujjatlari bo‘yicha ijro ishi qo‘zg‘atilgani va qo‘llanilgan cheklovlar to‘g‘risida qarzdorlarni ogohlantirish tizimi takomillashtirilib, 9,9 mln.tadan ortiq SMS xabarnomalar  jo‘natildi.

Qarzdorlik haqida o‘z vaqtida xabar berilgani natijasida 71 mingga yaqin ijro ishlari ixtiyoriy muddatda tamomlanib, o‘tgan yilga nisbatan 53,7  foizga  oshdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30314 | Инструменты