Huawei 1
O‘zbekistondagi 44 mln 800 ming gektar yer maydoni, 8 mln 300 mingta bino va inshootning mulk sifatidagi bozor bahosi hisoblanmagani aytildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yer resurslaridan oqilona foydalanish va yer hisobini yuritish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tmoqda.

Unda O‘zbekistondagi 44 million 800 ming gektar yer maydoni, 8 million 300 mingta bino va inshootning mulk sifatidagi bozor bahosi hisoblanmagani qayd etildi.

Hozirda mavjud bino va inshootlarning shartli kadastr qiymati 70 milliard dollarni tashkil qiladi. Vaholanki, ularning haqiqiy bozor bahosi bundan kamida 4-5 barobar ko‘p.

“Bunga yerning bozor qiymatini ham qo‘shsa, bilasizlarmi aholi va tadbirkorlarda qanchadan-qancha iqtisodiy aktiv bo‘ladi”, - dedi Prezident.

Buning uchun, eng avvalo, yer hisobini joy-joyiga qo‘yish shart. Lekin ayrim hokimlar va vazirlar buni hisob-kitobini hali o‘ylab ham ko‘rmagani, o‘ziga biror-bir vazifa ham belgilab olmagani qayd etildi.

Oxirgi uch yilda sohani raqamlashtirish hisobiga 40 million gektar yoki jami yerlarning 90 foizi kadastrdan o‘tkazildi.

Endi qolgan muammoli yerlarni ham to‘liq kadastr ro‘yxatidan o‘tkazish shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

Qishloq xo‘jaligi yerlarida aerosuratga oladigan zamonaviy samolyot va laboratoriyalar olib berildi.

Kadastr agentligiga tuman va shahar hokimlari bilan birga yil yakunigacha aerosuratga olish ishlarini Toshkent shahri, Toshkent va vodiy viloyatlarida, kelgusi yili esa qolgan hududlarda to‘liq yakuniga yetkazish topshirildi.

Aerosuratlar asosida qishloq yerlarini monitoring qilish tizimi yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122617 | Инструменты