O‘zbekistondagi mobil aloqa abonentlari soni 27 millionga yaqinlashdi

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yil 1 aprel holatiga ko‘ra, mobil aloqa tizimiga ulangan abonentlar soni 26 mln. 953,5 mingtani tashkil etib, 2020 yilning mos davriga nisbatan 10,8 % ga yoki 2 mln. 636,8 mingtaga oshgan.

Shu jumladan, aholida 24 mln. 795,4 mingta abonentni tashkil etgan. 2020 yilning mos davriga nisbatan 6,1 % ga yoki 1 mln. 424,1 mingtaga oshgan.

Mamlakat aholisining mobil aloqa bilan ta’minlanganligi har 100 kishi hisobiga 72 birlikni tashkil etmoqda.

Yillar kesimida mobil aloqa tizimiga ulangan abonentlar soni:

2019 yil 1 aprel
-  jami: 21 960,2 ming
- aholida: 21 331,2 ming
2020 yil 1 aprel ⬇️
- jami: 24 316,7 ming
- aholida: 23 371,3 ming
2021 yil 1 aprel ⬇️
- jami: 26 953,5 ming
- aholida: 24 795,4 ming

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51006 | Инструменты