Huawei 1
O‘zbekistondan Moskvaga uchgan qator reyslar zaxira aeroportlariga yo‘naltirildi

Moskva havo hududining yopilishi munosabati bilan Uzbekistan Airways aviakompaniyasining bir nechta reyslari zaxira aeroportlariga yo‘naltirildi, deb xabar berdi aviatashuvchi matbuot xizmati.

Yo‘naltirilgan parvozlar:

  • HY9619, Namangan-Moskva (Vnukovo) — Ufa;
  • HY9671, Toshkent-Nijniy Novgorod — Ufa;
  • HY613, Toshkent-Moskva (Vnukovo) — Sankt Peterburg;
  • HY9627, Farg‘ona-Moskva (Vnukovo) — Sankt Peterburg;
  • HY601, Toshkent-Moskva (Domodedovo) — Sankt Peterburg;
  • HY605, Samarqand-Moskva (Vnukovo) — Sankt Peterburg.

Centrum Air aviakompaniyasi Toshkent-Moskva yo‘nalishi bo‘yicha MFX403 reysi avval Ufada, keyin esa Sankt Peterburgda qo‘nishga majbur bo‘lganini ma’lum qildi.

Boshqa reyslar ham kechikishi mumkin, deya ogohlantirdi tashuvchi.

Bundan tashqari, Pokiston havo hududining yopilishi munosabati bilan Toshkent — Nyachang yo‘nalishi bo‘yicha MFX5537 reysi O‘zbekiston poytaxtiga qaytib keldi. Qayta uchish soat 12:00 ga belgilangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50802 | Инструменты