Huawei 1
O‘zbekistonga eng ko‘p qaysi davlatdan turistlar tashrif buyurgan?

Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar oyida jami 678,7 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan. 

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 158,5 ming nafarga yoki 30,5 % ga oshgan.

Joriy yilning yanvar oyida O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan chet el fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

Qirg‘iz Respublikasi - 211 262 nafar

Tojikiston - 200 969 nafar

Qozog‘iston - 105 551 nafar

Rossiya - 48 695 nafar

Afg‘oniston - 42 733 nafar

Turkmaniston - 26 154 nafar

Turkiya - 11 660 nafar

Hindiston - 5 049 nafar

Xitoy - 4 988 nafar

Koreya Respublikasi - 2 896 nafar

boshqa davlatlar - 18 718 nafar

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 32513 | Инструменты