Huawei 1
Baxtiyor Saidov Belarus tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Pavel Utyupin bilan uchrashuv o‘tkazdi

2025-yil 25-mart kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Belarus tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Pavel Utyupin bilan uchrashuv o‘tkazdi.

"Belarus tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Pavel Utyupin janoblari bilan uchrashishdan mamnunmiz. O‘zbekiston va Belarus tashqi ishlar vazirliklari oliy darajada erishilgan barcha kelishuvlarni o‘z vaqtida va samarali amalga oshirish uchun yaqindan hamkorlik qilmoqda. Uchrashuv mobaynida ikki va ko‘p tomonlama kun tartibini muhokama qildik. Hamkorligimiz o‘zaro ishonch, umumiy manfaatlar va amaliy natijalarga intilish asosida rivojlanib bormoqda", deya yozgan O'zbekiston TIV rahbari. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 32805 | Инструменты