25-26-27-mart kunlari issiqlik tarmoqlarining maksimal haroratga chidamliligi sinovdan o‘tkaziladi.
Belbog'li kurash bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zolari Hindistonda bo'lib o'tgan xalqaro turnirda 20 ta medalni qo'lga kiritdi.
Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Xabar berilishicha, bu hududda avtomobil yo‘li, yashil hududlar, piyodalar va velosiped yo‘laklari barpo etilishi rejalashtirilgan.
1-apreldan Samarqand viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari bo‘yicha yangi tariflar joriy etiladi.
Farg‘ona viloyati hududida maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish uchun majburiy to‘lov tariflari tasdiqlandi.
Mazkur yarmarkada ichki turizm yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan turoperatorlar, hunarmandlar, rassomlar, joylashtirish vositalari (mehmonxona, hostel, mehmon uyi) va boshqa turizm sohasi vakillari ishtirok etdilar.
Xorij tomoniga O'zbekistondagi istiqbolli deb topilgan xrom, nikel, magniy va kobalt, titan va dolomit konlari to'g'risida ma'lumot berildi va ushbu loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini ko'rib chiqish taklif etildi.
O‘zbekistonda noqonuniy o‘rnatilgan bankomatlar demontaj qilinadi. Bu haqda Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari Mirsaid Mirmaqsudov ma’lum qildi.
Kadastr agentligining ma'lum qilishicha, 66 109 ta holatda 9 462,3 gektar yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish bo‘yicha huquqbuzarliklar aniqlanib, berilgan yozma ko‘rsatmalar asosida 41 972 ta holatda 4 472,2 gektar yer qonunbuzilish holatlari ixtiyoriy ravishda bartaraf etildi.
Tadbirda Toshkent va Urumchi shaharlari turizm sohasi vakillari o‘rtasida sayyohlar sonini oshirish va turizm infratuzilmasiga investitsiya jalb qilish maqsadida bir qancha hamkorlik kelishuvlariga erishildi.
TSAda eksport hajmi 4,6 mlrd dollarni, import hajmi esa 6,2 mlrd dollarni tashkil etdi.
Niyatlar ijobat bo‘ladigan muborak Ramazon oyida, Qadr kechasi arafasida turib, ezgu tilaklar aytildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 32805 | Инструменты