Huawei 1
O‘zbekistonlik ayollar jamoasi AQSHda TechWomen dasturi g‘olibi bo‘ldi

O‘zbekistonlik ayollarning bolalarda autizmni erta aniqlash va davolashga qaratilgan Bolajonim loyihasi nafaqat ilk sarmoyasini oldi, balki O‘zbekistonning TechWomen g‘olibi bo‘lgan ilk jamoasi sifatida tarixga kirdi. Bu haqida jamoa aʼzosi Dilbar Umarova o‘z Facebook sahifasida yozdi.

TechWomen - butun dunyo bo‘ylab xotin-qizlarga fan, texnologiya, muhandislik va matematika (STEM) sohasida o‘z salohiyatini rivojlantirishga yordam beradigan professional almashinuv dasturi. 

Unda 21 davlatdan qizlar ishtirok etishi mumkin. Bu yil dastur tarixida eng ko‘p nomzodlar – 6000 nafari ariza berib, ulardan 100 nafari AQSHga sayohat qilish va o‘qish uchun tanlab olindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101423 | Инструменты