Huawei 1
O‘zbekistonlik haydovchi Toyota avtomobillarini hojatxona qog‘oziga o‘rab bojxonadan o‘tkazmoqchi bo‘ldi

Litvaning “Myadininkay” bojxona postida bojxonachilar O‘zbekiston fuqarosi boshqarayotgan MAN yuk mashinasini qo‘lga olishdi.

Haydovchining so‘zlariga ko‘ra, u og‘irligi 720 kg bo‘lgan hojatxona qog‘ozini olib ketayotgan bo‘lgan. Biroq orqasida hojatxona qog‘ozi qutilari qo‘yilgan yarim tirkamani sinchiklab ko‘zdan kechirish chog‘ida uchta transport vositasi borligi aniqlangan.

Qayd etilishicha, haydovchi bundan hayratda qolgan va u maxfiy yuk haqida hech narsa bilmasligini aytgan.

Mashinalarning umumiy qiymati 87 ming yevroga baholangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122311 | Инструменты