Huawei 1
O‘zbekistonlik haydovchilar Slovakiyaga ishga taklif qilinmoqda

“B” toifadagi haydovchilik guvohnomasiga ega o‘zbekistonliklar Slovakiya avtomobil zavodlarida kara haydovchilikka (pogruzchik) ishga taklif qilinadi, deya xabar berdi Migratsiya agentligining Telegram‘dagi «Xorijda ish» eʼlonlar kanali.

Ish o‘rinlari 100 ta bo‘lib, qabul qilingan nomzodlarga 950 yevro (14 mln so‘m atrofida) oylik to‘lanadi, ish hajmiga qarab turli bonuslar ham beriladi.

Nomzodlar rus tilini yozma va og‘zaki bilishi, avtokarada ishlash bo‘yicha kamida 6 oylik tajribasi bo‘lishi va O‘zbekiston yoki Shengen hududida sudlanmagan bo‘lishlari talab etiladi. Ishga 18−45 yosh oralig‘idagi erkaklar qabul qilinadi.

Shuningdek, ikki bosqichli (nazariy va amaliy) imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tish kerak bo‘ladi. Dastlabki saralashdan o‘tgan fuqarolar yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha test hamda karada amaliy mashqlarni bajaradi. Ushbu yo‘nalishlardan o‘tgan taqdirda ish beruvchi tomonidan tanlab olinadi.

Haftada 5 kun ish (3 ta smena) bo‘lib, xodim tibbiy sug‘urta qilinadi. Ishchi viza, ketishdan oldingi o‘quv kurslari hamda Slovakiyaga borish xarajatlari nomzod tomonidan qoplanadi.

Ish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tiladi. Jarayon 17 aprel soat 17:00 gacha davom etadi.

Murojaat uchun Migratsiya agentligining telefon raqami: 1282, 71 202−33−55 (ichki raqam 87).

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 41622 | Инструменты