Huawei 1
O‘zbekistonlik shifokorlar 3 kun davomida Afg‘onistonning 1300 dan ortiq fuqarosini ko‘rikdan o‘tkazdi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ “Temir yo‘l ijtimoiy xizmatlari” muassasasiga qarashli “Salomatlik” tibbiy-sanitar yordam poyezdida Afg‘onistonning Balx viloyatiga tashrif buyurgan shifokorlar tibbiy ko‘rikni davom ettirishmoqda.

“Salomatlik” tibbiy-sanitar yordam poyezdi 15 xil turdagi tibbiy asbob uskunalar bilan jixozlangan va jami 28 nafar tibbiyot xodimi va 5 nafar temir yo‘l mutaxassislar bilan taʼminlangan.

O‘tgan 3 kun davomida shifokorlar Afg‘onistonning o‘nlab hududlaridan kelgan, jami 1300 nafardan ziyod fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdilar. Shulardan 576 nafari erkaklar, 464 nafari ayollar va 273 nafari yosh bolalardir.

Shuningdek, tibbiy ko‘rik davomida afg‘on fuqarolariga 1, 6 mlrd so‘mlik 50 turdagi dori-darmon va gigiyena vositalari tarqatildi.

Tibbiy ko‘rik joriy yil 30-dekabriga qadar davom etadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122907 | Инструменты