Joriy yil yanvar-noyabr oylarida umumiy ovqatlanish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 19 532 ta yuridik shaxs tomonidan 1,1 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan. Shundan, 201,4 mlrd so‘mi, ya’ni 16,9 %i 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 3 trln so‘mdan oshgan, qo‘llagan soliq imtiyozlari esa 63,6 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Ushbu soliq to'lovchilar tomonidan ta'minlangan tushumlar soliq turlari kesimida:
- QQS – 88,4 mlrd so‘m;
- JShODS - 61,5 mlrd so‘m;
- foyda solig'i – 42,4 mlrd so‘m;
- boshqa soliqlar - 9,1 mlrd so‘m.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122908 | Инструменты