Huawei 1
Yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni joylashtirish shakllari bo'yicha ayrim normativ-huquqiy hujjatlar ro’yxati tasdiqlandi

“Yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni joylashtirish shakllari bo'yicha ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to'g'risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi. 

Qarorga ko'ra, quyidagilar tasdiqlandi, jumladan:

O'zbekiston Respublikasida voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan vasiylik va homiylik organi to'g'risidagi nizom;

Voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan vasiylik va homiylik belgilash tartibi to'g'risidagi nizom;

Yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni farzandlikka olish tartibi to'g'risidagi nizom;

Bolalar uylari to'g'risidagi nizom;

Mehribonlik uylari to'g'risidagi nizom;

Kichik hajmli bolalar uylari to'g'risidagi nizom.

Yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni oilaga tarbiyaga (patronat) olgan tutingan ota-onalarga har oylik to'lovlar to'lash hamda bolalarni kiyim-bosh va poyabzal bilan ta'minlash xarajatlari 2025-yildan Ijtimoiy himoya milliy agentligiga respublika byudjetidan ajratilgan mablag'lar hisobidan amalga oshiriladi.

2025-yil 1-fevraldan tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar masalalari bo'yicha vasiylik va homiylik bo'yicha komissiyalar faoliyati tugatiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122915 | Инструменты