Huawei 1
“Telekommunikatsiyalar to'g'risida”gi qonun qabul qilindi

“Telekommunikatsiyalar to'g'risida”gi qonun qabul qilindi.

Qonun telekommunikatsiyalar sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.

O'zbekistonda telekommunikatsiyalar tarmoqlari ommaviy yoki xususiy mulkda bo'lishi mumkin.

Telekommunikatsiyalar tarmoqlarining barcha mulkdorlari teng huquqlarga ega bo'ladi va qonunda kafolatlangan teng himoyadan foydalanadi.

Telekommunikatsiyalar tarmoqlari belgilangan maqsadiga ko'ra umumiy foydalanishdagi, idoraviy va ajratilgan telekommunikatsiyalar tarmoqlariga bo'linadi.

Aloqa liniyasi umumiy foydalanish, idoraviy, ajratilgan, shu jumladan umumdavlat vazifalarini bajaruvchi telekommunikatsiyalar tarmoqlarining ajralmas qismidir.

Raqamli texnologiyalar vazirligi telekommunikatsiyalar sohasidagi vakolatli davlat organidir.

Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo'yicha inspeksiya telekommunikatsiyalar sohasida davlat nazoratini amalga oshiruvchi organdir.

Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmoqlarining operatorlari va provayderlari barcha foydalanuvchilarga belgilangan sifatga ega universal xizmatlarni litsenziya doirasida cheklanmagan tarzda ko'rsatadi.

Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122908 | Инструменты