O‘zbekistonlik yoshlarning IELTS olish bo‘yicha maʼlumotlari ochiqlandi

Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayevning maʼlum qilishicha, IELTS imtihonidan 5,5 va undan yuqori ball olgan yoshlar soni 2020 yilda 10 152 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilda ularning soni 52 706 nafarga yetgan. Yaʼni 5 barobarga o‘sish kuzatilgan.

7-8 ball (C1 daraja) qo‘lga kiritganlar soni 2020 yilda 1807 nafar, 2024 yil holatiga esa 13 424 nafarni tashkil etmoqda. O‘z navbatida bu 7,4 barobarga o‘sish kuzatilganini anglatadi.

8,5-9 ball (C2 daraja) qayd etganlar soni esa 2020 yilda 14 nafar bo‘lgan, 2024 yil holatiga esa ularning soni 332 nafarga yetgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42720 | Инструменты